Mart oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 1 foizga oshgan

10:53 01 Aprel 2023 Iqtisodiyot
704 0

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning mart oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 1 foizga oshgan.

Isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik oʻsish darajasi 11,7 foizga yetdi.

2023-yilning mart oyida narxlar va tariflar oʻsishida yetakchi oʻrinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari oʻrtacha 1,6 foizga oshgan.

Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,7 foizga va aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish 0,4 foizga oshgani kuzatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер