Marokash yoshlari Argentinani magʻlub etib, Jahon chempioni boʻldi
Joriy yilning 28-sentyabridan 20-oktyabriga qadar Chili mamlakatida tashkil etilgan 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionati musobaqasi yakunlandi.
Bugun musobaqaning final oʻyini boʻlib oʻtdi. Unda Marokash terma jamoasi Argentina bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv Afrika vakilining 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga Portugaliyaning “Famalikao” jamoasi hujumchisi Yassin Zabiri mualliflik qildi.
Shu tariqa, Marokash yoshlar jamoasi kichik mundialda chempionlikni qoʻlga kiritdi.
U-20 jahon chempionati, Final
Argentina — Marokash 0:2
Gollar: Zabiri (12, 29 — dubl).
Argentina: Barbi, Vilyalba, Peres, Ramires, Soler, Delgado, Achuna, Gorosito, Karrizo, Prestianni, Sarko.
Marokash: Gomis, Maamar, Baoʻf, Bahti, Zaxuani, Xalifi, Byar, Maamma, Essadak, Yassin, Zabiri.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring