Markaziy Osiyo polvonlari Fargʻonada jam boʻldi
Foto: Botir Madiyorov / Xalq so'zi
Yurtimizda azaldan polvonlar bellashuvi, dorbozlik sanʼati, tosh koʻtarish bahslari xalq sayliga aylanib ketadi. Soʻlim Fargʻonada oʻtgan musobaqa ham ana shunday koʻtarinkilik kasb etdi.
Mashhur povlon, milliy oʻyinlar targʻibotchisi Toʻlanboy Qurbonov xotirasiga bagʻishlab oʻktazilgan musobaqada Rossiya, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardan 500 nafarga yaqin polvonlar jam boʻldilar.
Bellashuvlar 8 ta yoʻnalishda tashkil etilib, ishtirokchilar katta vaznda yuk, tosh koʻtarish, mashina tortish, dorobozlik chiqishlari boʻyicha oʻzaro bahs olib bordi. Shu tariqa ayollar va erkaklar oʻrtasida turli vazn toifalari boʻyicha eng kuchlilar saralandi.
Surxondaryolik Dilmurod Qurbonovning chiqishi olqishlarga sazovor boʻldi. U 17 tonnali “MAN” rusumli yuk mashinasini 17 metr masofaga tortdi.
Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlarga Oʻzbekiston bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻtarish, Oʻzbek jang sanʼati federatsiyalarining diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring