Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik va raqamli transformatsiya masalalari muhokama qilindi

10:14 17 Dekabr 2025 Siyosat
325 0

Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yigʻilishi doirasida “Iqtisodiy hamkorlik, raqamli transformatsiya va sanoat: mintaqa davlatlarining farovonligi yoʻllari” mavzusida birinchi sessiya boʻlib oʻtdi.

Sessiyada soʻzga chiqqanlar mintaqaviy iqtisodiy aloqalarning soʻnggi yillardagi oʻsishiga eʼtibor qaratib, ikki mintaqa oʻrtasida amalga oshirilgan yirik qoʻshma loyihalar, kengayib borayotgan sheriklik va mustahkamlanib borayotgan oʻzaro ishonchni taʼkidlab oʻtdi.

Sessiya mobaynida uzoq muddatli, barqaror va strategik iqtisodiy hamkorlikka yoʻnaltirilgan tizimli yondashuvni shakllantirishga eʼtibor qaratildi.

Parlament aʼzolari investitsiyalarni ragʻbatlantirish va moliyaviy hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy iqtisodiy bogʻliqlikni kuchaytirish mexanizmlarini takomillashtirish, raqamli transformatsiyani qoʻshma saʼy-harakatlar bilan rivojlantirish hamda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash uchun zarur qonunchilik bazasini shakllantirish boʻyicha takliflar bildirdi.

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasidagi strategik sheriklikning amaliy natijalari, savdo-iqtisodiy aloqalarning barqarorligi, qoʻshma korxonalar va investitsiya loyihalarining rivojlanishi yuzasidan fikr almashildi.

Ishtirokchilarning sessiyadagi chiqishlarida raqamli iqtisodiyot, sanoat, energiya, transport, qishloq xoʻjaligi va taʼlim sohalarida kelgusida hamkorlikni kengaytirish masalalariga urgʻu berildi.

Sessiya yakunida iqtisodiy hamkorlikni strategik yoʻnalish sifatida rivojlantirish, qoʻshma texnologiyalar va sanoat klasterlarini shakllantirish, shuningdek, raqamli integratsiya hamda yashil iqtisodiyot boʻyicha loyihalarni yaqin istiqbolda amalga oshirishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер