Markaziy Osiyo davlatlari transport vazirlari hamkorlik toʻgʻrisida Qoʻshma kommyunike imzoladilar
Bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlatlari Transport vazirlarining birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvi doirasida tashkil etilgan tadbirda transport logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Tojikiston Respublikasi transport vaziri Azim Ibrohim raisligida oʻtgan yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri Ilxom Maxkamov, Qozogʻiston Respublikasi transport vaziri Marat Karabayev, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Transport va kommunikatsiyalar agentligi direktori Mammetxon Chakiyev ishtirok etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring