Markaziy bank ogohlantirish bilan chiqdi

16:09 13 Yanvar 2021 Jamiyat
2154 0

Bugungi kunda Oʻzbekiston fuqarolari orasida internet saytlaridagi reklamalar orqali qisqa vaqt ichida pul ishlashni taklif etayotgan tashkilotlarning yolgʻon maʼlumotlariga ishonib, oʻz pul mablagʻlarini xorijiy davlatlarga oʻtkazish holatlari uchrab turibdi.

Markaziy bankning maʼlum qilishicha, bunda asosan internet foydalanuvchisi pul ishlash toʻgʻrisidagi reklamalar bilan tanishib, tashkilotlarga soʻrov qoldiriladi. 

«Qisqa vaqt ichida “A” ismli shaxs foydalanuvchi bilan bogʻlanadi hamda savdo maydonchasiga (FOREX platformalari) kirishni taʼminlash, xalqaro moliya bozoridagi savdo boʻyicha tahliliy maʼlumot va maslahat taqdim etish taklifi bilan maʼlum bir miqdorda chet el valyutasida sarmoya kiritish soʻraladi.

Pul mablagʻlari oʻtkazilgandan keyin, tashkilot xodimi – tahlilchi tomonidan masofaviy erkin foydalanish dasturini (Any Desk) oʻrnatish soʻraladi va mazkur dastur oʻrnatilgandan soʻng u orqali platformadagi savdolarda qatnashishadi. Sarmoya kiritgan fuqaro platformada oʻz mablagʻining oʻsishini koʻradi hamda koʻpaygan pul mablagʻlarini yechishga qaror qilganda, tahlilchi ushbu mablagʻlarni yechib bermaydi va turli bahonalarni vaj qiladi yoki umuman aloqaga chiqmaydi.

Shundan soʻng fuqaro tomonidan brokerlik kompaniyasining shaxsiy kabinetiga kirgan holda pul mablagʻlarini yechish yuzasidan soʻrovlar yuborilganda “kutilmoqda” maqomi koʻrsatiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Markaziy bank yurtdoshlarimizni firibgarlarning aldovlariga ishonib qolmasliklari yuzasidan ogoh boʻlishlikka chorlaydi», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер