Markaziy bank inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarni maʼlum qildi

17:15 21 Yanvar 2021 Iqtisodiyot
842 0

Yaqin oylarda iqtisodiyotda inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kuchayish ehtimoli pastligicha qolmoqda. Bu haqda Markaziy bank Axborot xizmati xabar berdi.

Shu bilan birga, inflyatsiyaning bir martalik omillarining vujudga kelish ehtimoli va inflyatsion kutilmalarning yuqori darajada saqlanib qolishi bilan bogʻliq xatarlar mavjud.

Yaqin istiqbolda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oʻsishi xatarlardan biri sifatida qolmoqda. Proteksionistik siyosat, eksportyorlar tomonidan asosiy oziq-ovqat tovarlari eksporti boʻyicha cheklov choralarining (kvota va tariflar) kiritilishi asosiy oziq-ovqat tovarlari importining qimmatlashishiga olib kelishi mumkin.

Shu sababli, oziq-ovqat bozorlari barqarorligini oshirish koʻp jihatdan respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash kompleks strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishga bogʻliq boʻladi. Ichki bozorni zaruriy tovarlar hajmi bilan taʼminlash boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrish, shu jumladan, bazaviy oziq-ovqat tovarlari importi geografiyasini diversifikatsiya qilish va konsentratsiyalashuvini qisqartirish muhim ahamiyatga ega.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер