Markalanmagan tamaki mahsuloti oʻz vaqtida fosh etildi
Amaldagi qonunchilikka koʻra 2021-yil 1-fevraldan boshlab eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda ulgurji va chakana savdo tarmogʻida sotilishining oldini olish bojxona organlarining vazifalaridan biri etib belgilangan.
Bu borada bojxonachilar tomonidan mamlakatimizga maxsus aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanishiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmatining xabariga koʻra, boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi tomonidan Samarqand viloyatida hududida tamaki mahsulotlarini noqonuniy oldi-sotdisi bilan shugʻullanuvchi fuqarolarni aniqlash maqsadida oldindan olingan tezkor maʼlumotga asosan tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tezkor tadbir davomida Samarqand shahri Choʻlpon koʻchasida fuqaro N.N. tadbir ishtirokchilariga ikki dona «Milano» va “Mond” nomli katta hajmdagi qutilarda jami 1 000 quti (pachka) tamaki mahsulotini sotmoqchi boʻlganida toʻxtatib qolindi.
Fuqaro N.N.ga tegishli boʻlgan tamaki mahsulotlari Oʻzbekiston Respublikasi aksiz markalari bilan markalanmagan jami qiymati 10 500 000 soʻmlik «Milano» hamda “Mond” nomli tamaki mahsulotlari ekanligi maʼlum boʻldi
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring