Maʼrifatli xalqimizning ezgu fazilati

11:38 27 Yanvar 2021 Jamiyat
1134 0

Fargʻonaliklar uchun beshikdagi chaqaloqni ham sizlab gapirish, hatto dushmaniga ham yomonlikni sogʻinmaslik ota-bobolardan meros muqaddas qadriyat. Asrlar mobaynida sayqallanib, avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan bunday boqiy qadriyatlar maʼrifatli xalqimizning eng ezgu fazilatlari sirasiga kiradi.

Prezidentimiz raisligida shu yilning 19-yanvar kuni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari boʻyicha boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida ilgari surilgan ezgu tashabbuslar qalbimizni quyosh nuri kabi isitdi. Yigʻilishda bevosita ishtirok etib, shu kuni koʻp yillik orzularimiz roʻyobga chiqayotgani barchamizga faxr va iftixor tuygʻularini baxsh etdi.

Zero, davlatimiz rahbari “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni va ruhi maʼnaviyatdir. Biz yangi Oʻzbekistonni bunyod etishda ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli maʼnaviyat” deya alohida taʼkidlab oʻtdi.

Bunday hayotbaxsh fikrlar bundan buyon faoliyat koʻlami va ustuvor yoʻnalishlarni belgilashda biz soha xodimlari uchun muhim dasturilamal boʻladi. Boisi iqtisodiyot mamlakat aholisi farovon hayotini taʼminlovchi muhim omil boʻlsa, maʼnaviyat unga maʼno-mazmun baxsh etuvchi nurdir. Shu sababli iqtisod va maʼnaviyat tushunchasi oʻzaro mushtarak, bir-biridan ayro tasavvur qilib boʻlmaydigan hayotiy haqiqat.
Tafakkur yoʻli — abadiy hayot yoʻli, maʼnaviyatsizlik — boshi berk koʻcha. Tuygʻular tarbiyasini ezgulik va yaxshilik mezonlariga muvofiqligini taʼminlashda maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlarimizning oʻrni beqiyos ekanligini aslo unutmaslik zarur.

Xursanoy ISLAMOVA,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
Fargʻona viloyat boʻlimi rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер