Marhamatning sobiq hokim Andijon tumaniga hokim boʻldi

13:13 01 May 2024 Siyosat
404 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Yoʻldoshev Boburbek Bahodirovich Andijon tumani hokimi lavozimiga tayinladi.

B. Yoʻldoshev 1986-yili Andijon shahrida tugʻilgan. 2008-yili Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida statistika, iqtisodiyot, axborot-tahlil va bir qancha sohalarda mutaxassis, boshliq oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash shuʼbasi bosh inspektori lavozimlarida ishlagan.

Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar Marhamat tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Oldinroq, Oʻtkirbek Maʼmurov Andijon viloyatining Marhamat tumani hokimi lavozimiga tayinlagani haqida xabar bergandik. U bu lavozimga tayinlanguniga qadar Buloqboshi tumani hokimi edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер