Margʻilonda tadbirkor “Book kafe” ochdi

19:10 26 Sentyabr 2022 Jamiyat
893 0

Foto: Xalq so‘zi

Mamlakatimizda yangi avlodni har tomonlama barkamol boʻlib ulgʻayishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda.

Margʻilon shahrida yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib etish va boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida “Ziyo maskanlari” hamda “Book cafe” lar tashkil etilyapti.

Kuni-kecha ipakchilar shahrining “Tuyagum” MFY hududida faoliyatini boshlagan “Book cafe”da ham yoshlar uchun barcha sharoitlar hozirlandi. Ziyo maskani badiiy adabiyotlarning elektron shaklda oʻqish imkonini yaratish uchun bepul internet tarmogʻig ham ulandi.

— Mahalla markazida tashkil etilgan “Book cafe” toʻliq yoshlar ixtiyorida boʻladi,-deydi tadbirkor Ilhomjon Poʻlatov. — Bu yerda mahalla yoshlari uchun 4 ta doimiy ish oʻrni yaratildi. Ochilish marosimida shahar hokimligi tomonidan kitoblar sovgʻa qilindi. Yigit-qizlar bu yerga kelib, oʻz xohishiga koʻra kitob oʻqishi, “Wi-Fi” tizimidan bepul foydalanib internetga ulanishi mumkin.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер