Mandatni qanday bilsa boʻladi? — 6 ta usul
Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi batafsil maʼlumot berdi. Unga koʻra, tanlov natijalarini 6 xil usul bilan bilib olish mumkin.
1. my.dtm.uz sayti orqali:
my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2. mandat.dtm.uz sayti orqali:
mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” boʻlimidan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3. Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):
- @mandat2021bot
- @mandat2021_1_bot
- @mandat2021_2_bot
- @mandat2021_3_bot
- @mandat2021_4_bot
4. SMS xabarnoma xizmati orqali:
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari boʻyicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
5. QR-kod orqali:
Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani koʻrish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
6. Test natijalari qaydnomasi orqali:
✔️ Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy taʼlim muassasalariga taqdim etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring