“Mana shunday tahlikali sharoitda biz barqarorlik va xavfsizligimizga ziyon yetkazadigan har qanday tahdid va xatarlarga keskin qarshi turishimiz shart” — Prezident
Davlatimiz rahbari raisligidagi videoselektor yigʻilishi davom etmoqda.
Yigʻilishda davlatimiz rahbari Qoraqalpogʻistondagi vaziyat haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi.
"Hozirgi vaqtda dunyoning turli mintaqalarida yangi keskinlik oʻchoqlari paydo boʻlmoqda, millatlar va konfessiyalar oʻrtasida qarama-qarshiliklar kuchaymoqda, radikalizm va ekstremizm xavfi tobora ortib bormoqda.
Mana shunday tahlikali sharoitda biz barqarorlik va xavfsizligimizga ziyon yetkazadigan har qanday tahdid va xatarlarga keskin qarshi turishimiz shart.
Ayni vaqtda shuni eʼtirof etish kerakki, mamlakatimizning izchil va barqaror rivojlanishidan manfaatdor boʻlmagan turli buzgʻunchi tashqi kuchlar ham mavjud.
Ushbu kuchlar tomonidan yurtimizdagi osoyishta vaziyatni izdan chiqarish, fuqarolarimizning ishonchiga kirib, ularni toʻgʻri yoʻldan chalgʻitishga qaratilgan gʻarazli maqsadlar amalga oshirildi va bunday urinishlar bundan keyin ham sodir boʻlishi mumkin", dedi Prezident.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring