Maʼmuriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlik subyektlaridan davlat bojini undirmaslik, bunda davlat bojini ishni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha aybdor tarafdan undirish tartibi joriy etish belgilanmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga maʼmuriy sudlarga shikoyat qilish tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda muhokama qilindi.
Ushbu qonun loyihasi bilan har bir shaxsning oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish huquqi kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida maʼmuriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlik subyektlaridan davlat bojini undirmaslik, bunda davlat bojini ishni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha aybdor tarafdan undirish tartibi joriy etish belgilanmoqda.
Deputatlarning taʼkidlashicha, qonun loyihasi fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan sud orqali himoya qilinish va sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlarini yanada kuchaytirishga, ularning buzilgan huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini yanada ishonchli himoya qilishga, odil sudlovga erishish darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Muhokamalarga boy boʻlgan majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi oʻz ishini yakunladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring