Mamlakatning  barqaror iqtisodiy oʻsishini taʼminlash koʻzda tutilmoqda

10:47 23 Iyun 2023 Jamiyat
425 0

OʼzLiDePdan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahridagi ishonchli vakili Rustam Kalanov Bektemir tumani Madaniyat markazi majlislar zalida Bektemir tumani saylovchilari bilan uchrashdi.

Unda tuman kengashi deputatlari, mahalla raislari, faxriylar, taʼlim, tibbiyot sohalari vakillari, xotin-qizlar va yoshlar, tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Ishonchli vakil nomzodning hayoti, mehnat faoliyatiga toʻxtalib, beshta ustuvor maqsadni qamrab olgan saylovoldi dasturi asosida mamlakatimizning  barqaror iqtisodiy oʻsishini taʼminlashda amalga oshirilishi kutilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Unga koʻra, 2030-yilgacha iqtisodiyotimiz oʻsish surʼatlari 2 barobar oshirilib, 160 milliard dollarga yetkaziladi. Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 2 ming 200 dollardan 4 ming dollarga oshiriladi. Ilgʻor texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish orqali mehnat unumdorligi 2 barobarga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер