Mamlakatimizda jami 48,1 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanildi
2022-yil 28-mart mamlakatimiz hududlari boʻylab 113 097 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:
— 1-bosqich emlanganlar 5 126 nafarni,
— 2-bosqich emlanganlar 16 257 nafarni,
— 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 91 714 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 48 137 825 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
— 1-bosqich emlanganlar 19 830 216 nafarni,
— 2-bosqichda emlanganlar 15 882 670 nafarni,
— 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 12 424 939 nafarni tashkil qildi.
Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:
— Qashqadaryo viloyati (11 831 doza),
— Samarqand viloyati (11 743 doza),
— Andijon viloyati (10 155 doza) band qildi.
Birinchi doza bilan emlanish koʻrsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 92,4 foizga, toʻliq vaksina kursini olganlar esa 74,5 foizga yetgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring