Mamlakatimizda jami 31,4 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanildi
Joriy yil 20-noyabrda mamlakatimiz hududlari boʻylab 297 727 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:
— 1-bosqich emlanganlar 148 941 nafarni,
— 2-bosqich emlanganlar 97 794 nafarni,
— 3-bosqich emlanganlar 50 992 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 31 489 773 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
— 1-bosqich emlanganlar 16 452 251 nafarni,
— 2-bosqichda emlanganlar 9 905 030 nafarni,
— 3-bosqich emlanganlar 5 132 492 nafarni tashkil qildi.
Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:
— Samarqand viloyati (45 558 doza),
— Toshkent viloyati (43 561 doza),
— Fargʻona viloyati (36 296 doza)
band qildi.
Birinchi doza bilan emlanish koʻrsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 76,7 foizni tashkil qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring