“Mamlakatda ijtimoiy keskinlikni kuchaytirish” — Eronda Gʻarb sanksiyalariga ana shunday izoh berildi

21:32 21 Oktyabr 2022 Dunyo
958 0

Illyustrativ foto

AQSH va Yevropa Ittifoqining Eronga qarshi joriy etgan sanksiyalarining asosiy maqsadi — mamlakatda ijtimoiy keskinlikni kuchaytirishdir. Ushbu fikrlarni Eronning xalqaro ishlar va inson huquqlari boʻyicha sud boʻlimi rahbari oʻrinbosari Kazem Gʻarib Abadiy aytib oʻtdi.

“Amerika va Yevropa inson huquqlarini buzmoqda va sanksiyalarni suiisteʼmol qilib, ulardan Eron ichidagi tartibsizlik va beqarorlikni kuchaytirish uchun foydalanmoqda. Ular inson huquqlarini hurmat qilish bahonasida tartibsizliklarni keltirib chiqarganlarni qoʻllab-quvvatlab, tartibni saqlaganlarni jazolaydi”, deydi Gʻarib Abadiy.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi  ortidan Eronning dronlarni ishlab chiqaruvchi “Shahed Aviation Industries” kompaniyasi hamda Eron mudofaa departamentlarining qator vakillariga nisbatan sanksiyalar joriy etishga qaror qilgan edi. Ularning mamlakatga kirishi taqiqlangan, agar mol-mulki topilsa, ular muzlatib qoʻyiladi.

Taʼkidlanishicha, respublikada uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqaruvchi “Shahed Aviation Industries” kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan. Bundan tashqari, ushbu sanksiyalar eronlik uch generalga ham tegishli.

“Eron rejimi Rossiyaning Ukrainaga qarshi asossiz tajovuziga harbiy yordam bermoqda. Vaziyatning jiddiyligini hisobga olib, YEI Kengashi uch shaxs va Rossiyaga uchuvchisiz uchish apparatlari yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan bir tashkilotni Yevropa Ittifoqining sanksiyalar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qildi”, deya deyiladi rezolyutsiyasida.

Avvalroq, Tehron Gʻarbning kamikadze dronlarini Rossiyaga yetkazib berish boʻyicha ayblovlariga qarshi chiqqan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер