Malavi sudi albinizm kasalligiga chalingan odamni oʻldirgan uch erkakni 155-yilga ozodlikdan mahrum qildi

16:46 12 May 2022 Dunyo
1021 0

Foto: Thoko Chikondi/AP

Malavi Oliy sudi albinizm bilan kasallangan odamni oʻldirishda ayblangan uch mahalliy fuqaroga hukm chiqardi.

“Club of Mozambique” xabariga koʻra, ushbu jinoyatni 44, 45 va 71 yoshli erkaklar sodir etgan. Ular shu yilning yanvar oyida albinizm bilan kasallangan 23 yoshli tanishini oʻldirganliklarini tan olishgan. Qotillardan biri marhumning amakisi hisoblanadi. Sud qarori bilan ayblanuvchilarning har biri 155-yildan qamoq jazosiga hukm qilindi.

Manbaga koʻra, soʻnggi oʻn yil ichida Malavida albinizm bilan kasallangan odamlarni oʻldirish va ularga hujumlar tez-tez sodir etilmoqda. Jumladan, 2014-yildan buyon 170 dan ortiq shunday hodisalar qayd etilgan. Buning sababi mahalliy aholining albinoslarni qurbonlik qilish omad va boylik keltiradi, degan notoʻgʻri taxminlari bilan bogʻliq.

Qayd etilishicha, ushbu hukm va uzoq muddatli qamoq mamlakatda bunday qotillik va zoʻravonliklarni qabul qilib boʻlmasligidan dalolat beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер