Malayziya xalqaro sayohatchilarni kutib olishga tayyor

16:00 06 Aprel 2022 Dunyo
1652 0

Foto: Illustrativ foto

Malayziya hukumati mamlakat endemik bosqichga oʻtayotgani sababli, COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq deyarli ikki yillik cheklovlardan soʻng birinchi marta oʻz chegaralarini toʻliq ochganini eʼlon qildi, mamlakat 2022-yil 1-apreldan boshlab xalqaro sayohatchilarni kutib olishga tayyor.

Toʻliq emlangan sayohatchilar karantinsiz sayohatdan bahramand boʻlishlari mumkin va faqat joʻnashdan ikki kun oldin COVID-19 PSR testini topshirishlari va Malayziyaga kelgandan keyin 24 soat ichida professional ravishda amalga oshirilgan ekspress tekshiruvi (testdan) dan oʻtishlari kerak.

Malayziyaga kirish jarayonini osonlashtirish uchun haqiqiy sayohat hujjatlariga (xalqaro pasport) ega sayohatchilar MySejahtera (Apple App Store, Google Play Store yoki Huawei AppGallery da mavjud) ilovasini yuklab olish va faollashtirish hamda Traveler belgisi ostidagi joʻnash oldidan toʻldiriladigan oʻz shaxsiy maʼlumotlarini tizimga kiritish orqali Malayziyaga kirishlari mumkin, oldinlari amalda boʻlgan myTravelPass sayti orqali maxsus ruxsat olish amaliyoti bekor qilinadi.

Biroq, toʻliq emlanmagan xalqaro sayohatchilar mamlakatga kelganlarida besh kunlik karantindan oʻtishlari kerak. Ayni paytda, 12 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan bolalar va yoshlarning karantinsiz kirishiga ruxsat beriladi va Malayziyaga kelgandan keyin 24 soat ichida professional ravishda amalga oshirilgan ekspress tekshiruvidan oʻtishlari kifoya.

Jamoat joylarida yuz niqoblaridan foydalanish va MySejahtera -ning binolarga kirayotganda roʻyxatdan oʻtishi endemik bosqichda standart amaliyot sifatida saqlanib qoladi, ayniqsa bu qoidalarga koʻp odamlar gavjum boʻlgan yopiq joylarda amal qilinishi kerak. Hukumat, shuningdek, jismoniy masofani saqlashni hali ham ragʻbatlantirilsada, toʻliq normal faoliyatni qayta tiklashga cheklovlar oʻrnatmaydi.

Malayziya turizm, sanʼat va madaniyat vaziri Nensi Shukri xonim: “Biz hukumatning xalqaro sayohatlarni qayta tiklash toʻgʻrisidagi soʻnggi eʼlonidan xursandmiz va Malayziyani xavfsiz sayohat joyi sifatida targʻib qilish uchun marketing harakatlarini kuchaytirish, aviakompaniyalar va turistik firmalar bilan hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutmoqdamiz. Xalqaro chegaralarning qayta ochilishi munosabati bilan bizning marketing agentligimiz - «Turizm Malayziya” strategik oʻzgarishlarni amalga oshirish, aqlli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, turizmni targʻib qilish va strategik kommunikatsiyalarini optimallashtirish hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda 2022-2026-yillarga moʻljallangan strategik rejasini amalga oshirishi uchun vaqt keldi». – deya taʼkidladi. Chegarani qayta ochish boʻyicha soʻnggi standart operatsion tartib-qoidalar haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun www.malaysia.travel/travel-alert veb-saytiga tashrif buyurish kifoya.

“Tourism Malaysia” agentligi

Malayziya Turizmni targʻib qilish kengashi, shuningdek, “Turizm Malayziya” nomi bilan ham tanilgan boʻlib, mamlakat Turizm, sanʼat va madaniyat vazirligi qoshidagi agentlikdir. Malayziyani sayyohlik uchun afzal koʻriladigan joy sifatida targʻib qilish agentlikning aniq vazifasi. Tashkil etilganidan beri u xalqaro turizm sahnasida asosiy oʻyinchi sifatida paydo boʻldi. 2019-yilda Malayziyaga 26,1 million xalqaro sayyohlar keldi, buning natijasida taxminan 21 milliard dollar turistik tushumlar qayd etildi, bu Malayziyani dunyoning asosiy turistik yoʻnalishlari qatoriga chiqishiga sabab boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер