Malay tili bilimdonlari taqdirlandi

16:49 21 Aprel 2022 Jamiyat
927 0

Foto: Халқ сўзи

20-aprel kuni Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti (TDSHU) da Malayziyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan birgalikda malay tili bilimdonlari oʻrtasida notiqlik sanʼati tanlovi boʻlib oʻtdi. Unda 15 nafar talaba qatnashdi. Tanlovda TDSHU va Oʻzbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti (OʻzDJTU) da tahsil olayotgan birinchidan to toʻrtinchi bosqichgacha boʻlgan talaba qizlar bellashdi. Mamlakatimizda aynan shu ikki oliy oʻquv yurtlarida malay tili chuqur oʻrganiladi.

Oxirgi yillarda bu tanlovning ahamiyati bilan birga talabalar bilimlari va ular oʻrtasidagi raqobat ham oshib bormoqda. Bu yilgi tanlovni hatto Malayziyadagi tilshunos mutaxassislar onlayn rejimida kuzatib borishdi. Bu bejizga emas. Oxirgi uch yil ichida oʻzbekistonlik talabalar ikki bor har yili Malayziyada oʻtkaziladigan Xalqaro Malay Tilida Notiqlik musobaqasida (Malay Language Public Speaking Competition) gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi. Bu esa talabalarimizga malayziyalik mutaxassislar orasida qiziqishni ortishiga sabab boʻldi.

Malayziya Sulton Idris Pedagogika Universitetining malay tili mutaxassislari onlayn rejimida talabalar chiqishlarini kuzatib baholab borishdi.

Aynan oʻzbek talabalari yuqori natijalarga erishayotganlari sababli Malayziya oliy oʻquv yurtlarining yurtimiz OTM bilan hamkorlik aloqalarini bogʻlashga intilishlari ham oʻsib borayotir. Tadbirda ishtirok etgan TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyevaning aytishicha, mazkur universitet bir necha Malayziya universitetlari bilan yaqindan aloqalarni oʻrnatgan. Tez orada yana ber necha Malayziya universitetlari bilan hamkorlik oʻrnatish rejalashtirilgan.

Malayziyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Xendi Assan janoblari barcha talabalarga oʻz minnatdorligini bildirdi. Tanlovda eng yaxshi natija qayd etgan ikki talaba shu yili Malayziyada boʻlib oʻtadigan Xalqaro Malay Tilida Notiqlik Musobaqasida ishtirok etishini eʼlon qildi.

Musobaqa natijasiga koʻra, 5 nafar talaba qimmatbaho sovrin va pul yutuqlari bilan taqdirlandi.

1-oʻrin Toshmatova Rahbaroy (4-kurs TDSHU)

2-oʻrin Akramova Sarvinoz (1-kurs TSHDU)

3- oʻrin Oʻtkurova Gulzoda (1-kurs TSHDU)

4-oʻrin Salimboyeva Ruxshona (1-kurs TSHDU).

5-oʻrin Normaxmatova Madina (2-kurs OʻzDJTU).

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер