Maktablardagi kechki tadbirlarga pedagog xodimlar va oʻquvchilarni majburiy jalb etish taqiqlanadi — XTV

08:46 15 Fevral 2022 Jamiyat
816 0

Soʻnggi kunlarda ayrim hududlarda oʻqituvchilarni maktab muassasalarida dars jarayonidan tashqari kechki vaqtlarda turli madaniy-maʼrifiy tadbirlarga jalb etilayotgani haqida koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.

Ushbu murojaatlar yuzasidan Xalq taʼlimi vazirligi quyidagilarni maʼlum qildi:

Maktablarda oʻqish jarayonidan tashqari vaqtlarda oʻtkazilayotgan mazkur tadbirlar uyushmagan va taʼlim bilan band boʻlmagan (18-30 yosh) yoshlarga moʻljallangan boʻlib, ularni tashkil etishga Yoshlar ishlari agentligi, xususan mahallalardagi yoshlar yetakchilari masʼul etib belgilangan.

Bunda Xalq taʼlimi vazirligiga maktab infratuzilmasidan (kutubxona, sport zal, kompyuter xonalari, tadbirlar zali) oqilona foydalanish hamda maktablarni mahalla uchun “maʼnaviyat maskani”ga aylanishini taʼminlash vazifasi yuklatilgan.

"Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Xalq taʼlimi vazirligi barcha hududiy boshqarmalarga ushbu tadbirlarga maktab maʼmuriyati, pedagog xodimlar va maktab oʻquvchilarini majburan jalb etilishi qatʼiyan taqiqlanganini maʼlum qiladi.

Shu oʻrinda Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qaroriga asosan, xalq taʼlimi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga jalb qilish qatʼiyan taqiqlanganini yana bir bor eslatib oʻtadi. 

Mazkur qarorga koʻra, yuqoridagi talablarni buzgan Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tegishli javobgarlikka tortilishi belgilangan" deyiladi bayonotda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер