Maktablarda soʻnggi qoʻngʻiroq ham bekor qilinishi mumkin
Qozogʻiston taʼlim vaziri oʻrinbosari Sholpan Karinova mamlakat maktablarida soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirlari bekor qilinishi mumkinligi maʼlum qildi. Bu haqda Tengrinews manbasi xabar berdi.
“Oʻquvchilar ishtirokidagi soʻnggi qoʻngʻiroq bayram tadbiri odatda oʻquv yili yakunida oʻtkaziladi. Biroq joriy yilda koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq yuzaga kelgan vaziyat tufayli ayni paytda darslar masofadan oʻtkazilyapti, agar vaziyat oʻzgarmasa, soʻnggi qoʻngʻiroq ham boʻlmaydi“, — dedi u.
Bugungi kunda ushbu davlatdagi koʻpchilik maktablar masofaviy taʼlimga oʻtgan. Darslar taʼlim telekanallari, shuningdek, onlayn tarzida tashkil etilyapti.
“9-11-sinflar yakuniy va davlat imtihonlarini topshirishmaydi. Joriy yilda ular bekor qilinadi. Oʻquv yili yarmida har bir boʻlim uchun umumiy baholash va chorak yakunida baholar qoʻyiladi. Yillik baholar asosida oʻrta taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim haqida attestat beriladi“, — deya qoʻshimcha qilgan Karinova.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring