Maktablar va bogʻchalarga ham Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan xizmat koʻrsatiladi

07:04 21 Mart 2022 Jamiyat
1817 0

Foto: Arxiv surat

“Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–173-son, 18.03.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-avgustdan bosqichma-bosqich Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari (Markazlar) tomonidan tuman darajasidagi quyidagi idoralarga yuridik xizmat koʻrsatiladi:

— mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi;

— qishloq xoʻjaligi boʻlimi;

— turizm va madaniy meros boʻlimi;

— sportni rivojlantirish boʻlimi;

— oila va xotin-qizlar boʻlimi;

— davlat soliq inspeksiyasi;

— aholi bandligiga koʻmaklashish markazi;

— davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablari;

— davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;

— davlat koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.

2022-yil 1-maygacha “E-huquqshunos” elektron tizimini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida “call-markaz» tashkil qilinadi.

2022-yil 1-dekabrgacha viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimliklarga Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер