Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Portsmut universiteti oʻrtasida aglashuv memorandumi imzolandi
London shahrida Butunjahon taʼlim forumida ishtirok etayotgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti prorektori Bobbiy Mehta bilan anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum doirasida tomonlar:
— Portsmut universiteti filologiya fakulteti bitiruvchi talabalarining Respublikamiz umumiy oʻrta taʼlim maktablarida mahalliy chet tili oʻqituvchilari bilan juftlikda dars berish tizimini yoʻlga qoʻyish;
— Vazirlik tizimidagi lider maktab direktorlari uchun Portsmut universiteti tomonidan Buyuk Britaniyada 2 haftalik malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
— Portsmut universiteti Kasbiy rivojlanish va amaliy taʼlim yoʻnalishi rahbari Doktor Stiven Korbetni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining xorijiy tillar islohotlari yoʻnalishida maslahatchisi etib tayinlanishi yuzasidan kelishib olishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring