Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi ustuvor masalalarga bagʻishlangan hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi

19:05 01 Oktyabr 2023 Jamiyat
816 0

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova rahbarligida oʻtkazilgan navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat majlisda oʻtgan oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar hamda 2023-2024 oʻquv yilida bajarilishi zarur boʻlgan ustuvor masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtildi.

Joriy yilda oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilingan abituriyentlarning 77 foizi (2022-yilda 74 foiz)ni mazkur oʻquv yilida maktabni bitirgan oʻquvchilar tashkil etmoqda.

Xalqaro fan olimpiadalarida yurtimiz maktab oʻquvchilari 69 ta, jumladan, 5 ta nufuzli olimpiadada 13 ta medalni qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston tarixidagi eng yaxshi natijaga erishdi.

Joriy yilda maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 30 792 taga yetib, qamrov 72,0 foizga, tayyorlov guruhlarida 6 yoshli bolalarning qamrovi esa 90,0 foizga yetdi.

Yigʻilish davomida vazirlik tizimidagi taʼlim muassasalarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlariga ham toʻxtalib oʻtildi.

Tizimdagi fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida joriy yil sentyabr oyining shu kunidan oktyabr oyi yakuniga qadar “Dolzarb oylik” etib belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер