Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilinadi
Xabaringiz bor, yurtimizga koronavirusning “Omikron” shtammi kirib kelganidan soʻng maʼlum cheklovlar oʻrnatildi.
Shu munosabat bilan Maktabgacha taʼlim vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:
— Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “COVID-19 pandemiyasi davrida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ish faoliyatiga qoʻyiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablar”ga qatʼiy rioya etiladi;
— davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bayram tadbirlari oʻtkazilishi vaqtinchalik cheklanadi;
— ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi (zarur vaziyatlarda soʻnggi uch kunlik PSR testi va emlanganligi haqida sertifikati boʻlishi lozim);
— yigʻilishlar oʻtkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yigʻilishlarni videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish choralari koʻriladi;
— mazkur cheklovning buzilishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlik choralari (hayfsan, jarima va b.q.) qoʻllaniladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring