Maktabgacha taʼlim agentligida KOICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Kuni-kecha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʻlim agentligi direktori A.Shin hamda KOICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori Pak Sunjin xonim oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent shahridagi Kompleks markaz va innovatsion davlat maktabgacha taʻlim tashkilotining barpo etilishidagi tayyorgarlik ishlarining olib borilayotganligi muhokama etildi.
Uchrashuvda Koreya tomoni barpo etilishi rejalashtirilgan obyektlarning loyiha dizaynini taqdim etdi. Ushbu loyiha poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan boʻlib, koreyalik loyihalovchilar tomonidan loyiha maydoni, shakli va joylashuvini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Shuningdek, muzokaralar davomida maktabgacha taʻlim tizimi pedagog kadrlarining malakasini oshirish bilan bogʻliq masalalar erta yoshdagi bolalarni rivojlantirish sohasidagi koreyalik mutaxassis va ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar oʻzaro fikr almashib, qoʻshma loyihani samarali va oʻz vaqtida amalga oshirish tarafdori ekanliklari maʻlum qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring