Maktabda sodir qilingan suiqasd
2019-yil 5-oktyabr kuni soat 08:30 larda Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanidagi 23-umumtaʼlim maktabida fuqaro B.Yu. (1982-y.t., ishsiz) turmush oʻrtogʻi bilan oʻzaro janjallashib, oshxona pichogʻi bilan qorin sohasiga bir marotaba urib hamda ularni ajratmoqchi boʻlgan maktab direktorini ham tanasining turli qismlariga uch marotaba pichoq bilan urib, ularni qasddan oʻldirishga suiqasd qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan B.Yu.ga nisbatan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmokda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring