Maktab oʻquvchisining xaridorgir soʻzanalari

10:11 30 Iyul 2025 Jamiyat
249 0

Milliy amaliy sanʼatimizning yorqin namunasi hisoblangan soʻzana jozibador naqshlari, kamalakdek jilolanuvchi ranglari bilan har qanday kishini oʻziga rom etadi.

Bolaligidan ushbu sanʼatga mehr qoʻygan Namangan shahridagi 29-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Sanobar Inomova tikayotgan mahsulotlarga Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon kabi mamlakatlardan ham xaridorlar bor.

— Soʻzana tikish sabr, qunt va katta ishtiyoqni talab etuvchi jarayon, — deydi yosh kashtadoʻz. — Haqiqiy ipakdan tikiladigan har bir mahsulotni tayyorlashga oʻn kundan 1 oygacha vaqt ketadi. Undagi har bir gul, har bir rangning oʻz maʼnosi boʻlib, alohida eʼtiborni talab qiladi.

Mohir kashtachining mahsulotlari sotuvidan tushayotgan mablagʻ bir oyda 10 million soʻmni tashkil etmoqda.

Qudratilla NAJMIDDINOV

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер