Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz berish muddatlari belgilandi

11:31 13 Iyul 2022 Iqtisodiyot
829 0

Foto: Arxiv surat

“Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–783-son, 12.07.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan qoʻshimchalar bilan maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz berish muddatlari belgilandi. Unga koʻra, imtiyoz muddati investitsiya hajmiga qarab:

3 mln AQSH dollaridan – 5 mln AQSH dollarigacha investitsiya uchun – 3 yil;

5 mln AQSH dollaridan – 15 mln AQSH dollarigacha investitsiya uchun – 5 yil;

15 mln AQSH dollari va undan koʻp investitsiyalar uchun –10 yil muddatga foyda soligʻidan ozod qilinadi.

Mazkur muddatlar ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan hisoblanadi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер