Mayk Tayson Lennoks Lyuisdan qasos olmoqchi
AQSHlik mashhur yuokschi Mayk Tayson Lennoks Lyuis (Buyuk Britaniya) bilan revansh jangini oʻtkazish qaror qilgan.
Uning bu istagi va koʻplab boks muxlislarining orzusi shu yilning kuzida amalga oshishi mumkin.
Eʼtiborli jihati, nafaqadagi “Temir Mayk” ancha faol. Oldinroq, uning Evander Xolifild bilan afsonaviy toʻqnashuvlarini davom ettirishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo bu amalga oshmadi.
Endi Tayson Lennoks Lyuis bilan jang qilish niyatida ekanini eʼlon qildi. Xabarlarga koʻra, jang katta ehtimol bilan shu yilning sentyabr oyida boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Hozircha, bu chaqiruvga Lyuis tomonidan munosabat bildirilgani yoʻq.
Eslatib oʻtamiz, ushbu afsonaviy bokschilar oʻrtasidagi birinchi jangda Lyuis gʻalaba qozongan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring