Mahkum xulosa chiqarmagan ekan

21:13 17 Oktyabr 2022 Jamiyat
742 0

Foto: Xalq so‘zi

Jinoyat ishlari boʻyicha Qiziltepa tuman sudi ochiq sud majlisida F.Mardanovga nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqib, unga toʻrt yil ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

F. Mardanov 1981-yil Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tugʻilgan. 2021-yilning 15-iyunida jinoyat ishlari boʻyicha Sariosiyo tuman sudi tomonidan unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JK 2441-moddasi 3-qismining «g» bandi bilan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.

Sudda aniqlanishicha, F.Mardanov 2022-yilning mart oyida Qiziltepa tumanida joylashgan 5-sonli jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini oʻtash davomida oʻzi bilan bir turkumda jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarga aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan maʼlumotlarni tarqatish jinoyatini qasddan sodir etgan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borishi taʼqiqlangan “Jihodchilar” terroristik tashkilotiga aʼzo boʻlib, uning gʻoyalarini muassasada jazo muddatini oʻtab kelayotgan mahkumlarga ogʻzaki tarqatgan.

— Sud sudlanuvchi F.Mardanovning jinoiy harakati tergov organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JK 2441-moddasining 2-qismi bilan toʻgʻri kvalifikatsiya qilinganligini tasdiqladi, — deydi Jinoyat ishlari boʻyicha Qiziltepa tuman sudi raisi Adiz Avezov. — Sud hukmiga koʻra, sudlanuvchi F. Mardanov Oʻzbekiston Respublikasi JK 2441-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli, deb topilib, unga ushbu modda bilan 3 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi JKning 60-moddasiga muvofiq jinoyat ishlari boʻyicha Sariosiyo tuman sudining 2021-yil 15-iyundagi hukmi bilan oʻtalmay qolgan 2 yilu 7 oy 7 kun jazo muddatini qisman qoʻshish yoʻli bilan F.Mardanovga uzil-kesil 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilandi.

Bu muddat endi Mardanov uchun xulosa chiqarishga yetarli boʻlib, u oʻziga tegishli xulosa chiqarsa ajab emas.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер