Mahalliy korxonalarga xorijiy investorlar talab qiladigan xalqaro sertifikatlarni olishda koʻmaklashiladi

17:47 28 Fevral 2024 Siyosat
264 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Yirik quyosh va shamol stansiyalarini qurish, ularni tarmoqqa ulash, remont-servis xizmatini koʻrsatish hisobiga mahalliy korxonalar uchun katta bozor vujudga kelmoqda. Hozirgi kunda 30 dan ziyod yirik va oʻrta mahalliy ishlab chiqaruvchilar, 100 dan ortiq servis korxonalari mavjud.

Davlatimiz rahbari bu quvvatlar hali yetarli emasligini taʼkidlab, quyosh panellari, akkumulyator, invertor, suv isitkich, mis kabel va transformator ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni koʻpaytirish muhimligini qayd etdi.

Shu bilan birga, mahalliy korxonalarga xorijiy investorlar talab qiladigan xalqaro sertifikatlarni olishda va ishlab chiqarishni standartlarga muvofiqlashtirishda koʻmaklashish vazifasi qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер