Mahalliy aviaqatnovlar terminali oldidagi maydon rekonstruksiya qilinmoqda

17:52 18 Avgust 2023 Jamiyat
1198 0

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi “Toshkent-3” mahalliy aviaqatnovlar terminali oldidagi maydonni rekonstruksiya qilishni boshladi.

Loyihaga ko‘ra, avtotransport vositalarining terminal oldiga kirishi soddalashtiriladi. Shunday qilib, uchta alohida yo‘lak ajratiladi: aeroportning rasmiy taksilari, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar, shuningdek, hududga 5 daqiqagacha kirishga ruxsat berilgan barcha avtomobillar uchun. Avtomobillarning odamlarni kutib olish va kuzatish yo‘lagi xalqaro aviaqatnovlar terminalidagi yo‘l o‘tkazgich (estakada) tamoyili asosida ishlaydi.

Avtomobilning yo‘lakda turish vaqti 5 daqiqadan oshib ketgan taqdirda, o‘rnatilgan va YHXB bilan integratsiyalashgan kameralar qoidabuzarlarga avtomatik ravishda jarimalar yuboradi.

Vokzal maydonini rekonstruksiya qilish ishlari Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-apreldagi 159-sonli “Aeroportlar, temir yo‘l va avtovokzallarda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Rekonstruksiya ishlarini joriy yilning avgust oyi oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning 1-yanvariga qadar O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlarda ham terminal atrofi hududlarini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер