Mahallada “Sogʻlom oila” xonasi tashkil qilindi
Sirdaryo tumanidagi “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yigʻini binosida “Sogʻlom oila” xonasi tashkil etildi.

— Sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining yangi konsepsiyasidagi beshinchi maqsadga binoan mahallalar idoralarida “Sogʻlom oila” xonasi tashkil etish belgilangan, — deydi Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi Ozoda Vahobova. — Shuningdek, ayni maqsadga koʻra endi bevosita mahallada salomatlik maktabi, fito burchak ham boʻladi. Albatta, bularning bari tibbiy xizmatni aholiga yanada yaqinlashtirish va pirovardida, sogʻliqni saqlash borasida yuqori samaradorlikka erishishdan iborat.

“Sogʻlom oila” xonasi tashkil etilganligi ayniqsa, yosh bolali va homilador ayollarga katta qulaylik boʻldi. Ular endi homiladorlik yoki yosh bolalari bilan bogʻliq tibbiy koʻrik uchun uylariga juda yaqin boʻlgan mahalla idorasiga kelmoqda. Bu yerda ularga mahallaga biriktirilgan doya va hamshiralar tomonidan tibbiy xizmat koʻrsatilishi barobarida, homiladorlik bilan bogʻliq hamda bolalar salomatligini saqlash boʻyicha profilaktik maslahatlar ham berilayotir.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring