Mahalla yoshlari uchun oʻquv markazi tashkil etildi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona shahridagi “Beshbola“ MFY yoshlar yetakchisi Muxammadyusuf Abdulaxatov tashabbusi bilan mahalla fuqarolar yigʻini tasarrufidagi boʻsh turgan binoda oʻquv markazi oʻz faoliyatini boshladi.
Bu tashabbus Fargʻona shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Mahalla tadbirkorlari oʻquv markazini qayta taʼmirlash, jihozlashda begʻaraz yordam berishdi.

— Oʻquv markazida bir kunda 50-60 nafar oʻgʻil-qizlar xorijiy tillar, zamonaviy kasb-hunarlarni oʻrganish imkoniga ega, — deydi “Beshbola“ MFY raisi Rasuljon Saydaliyev. — Markaz qoshida moʻjazgina kutubxona tashkil etilib, sport mashgʻulotlari uchun ham yetarli sharoit yaratildi.
Aytish joiz, Beshbola Fargʻona shahridagi eng katta mahallalardan biri hisoblanadi. Mahallada milliy qadriyat va anʼanalarni asrash, kelajagimiz vorislarini ilm-fan, sportda barkamol qilib tarbiyalashga qaratilgan bunday ezgu harakatlar eʼtiborga loyiq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring