Mahalla xayrli tashabbuslar markaziga aylanmoqda

19:31 07 Dekabr 2021 Jamiyat
750 0

Foto: "Xalq so'zi"

Fargʻona viloyati Beshariq tumanidagi “Iftixor” mahalla fuqarolar yigʻini uchun yangi bino qurib bitkazildi. “Sohibaxon ona tarovati” MCHJ tashabbusi bilan davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan binoda mahalla ahli va faollari uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Mahalla fuqarolar yigʻini binosining  ochilish marosimida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan “Temir daftar” roʻyxatiga  olingan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oʻnga yaqin iftixorliklarga bir million soʻmdan moddiy yordamr koʻrsatildi.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan  Muhabbat Hoshimova, bir necha yildirki, xasta. Toʻrt farzandi bor. Oilaning turmush tarzi bilan tanishgan mutasaddilar oila bekasining tikuvchilikda uquvi borligini bilishdi va unga yangi tikuv mashinasi hadya qilindi.  Shu mahallada yashovchi Munavvara Toʻychiyeva bir necha yildan buyon yura olmaydi, nogironlik aravachasiga muhtoj. “Mahalla” xayriya jamoat fondi saʼy-harakati bilan uning koʻp yillik niyati ushaldi.

— Fuqarolar yigʻinlar moddiy–texnika bazasini mustahkalash, mahallani xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish  borasidagi amaliy  ishlar koʻlami kengayib bormoqda, — deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Fargʻona viloyat boʻlim boshqaruvi raisi Bahodir Yulbarsov. — Shu kunga qadar viloyatda davlat-xususiy sherikchilik asosida yangidan qurilib, foydalanishga topshirilayotgan mahalla binolarining 45 tasi mebel jixozlari, 12 tasi zamonaviy kompyuter jamlanmalari bilan taʼminlandi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер