Madrid va Kataloniya toʻqnashuvi, “Real Madrid” eng noqulay raqiblaridan biriga qarshi
Kecha, 18-mart kuni Yevropa chempionlar ligasi musobaqasining nim chorak final bosqichi oʻyinlari yakunlandi.
Shundan soʻng, musobaqaning chorak final juftliklari shakllandi. Ushbu bosqichda muxlislar quyidagi oʻyinlarga guvoh boʻladilar:
Nim chorak finalda Angliyaning “Chelsi” klubini magʻlub etgan PSJ bu bosqichda Angliyaning boshqa jamoasi “Liverpul” bilan toʻqnash keladi;
Nim chorak finalda superkambek amalga oshirgan Portugaliyaning “Sporting” klubi APL yetakchisi “Arsenal” klubiga qarshi oʻynaydi;
“Manchester Siti”dan ustun kelgan “Real Madrid” jamoasi nim chorak final bosqichida 10 ta gol urgan Germaniyaning “Bavariya” jamoasi bilan bellashadi;
Madridning “Atletiko” klubi esa bu bosqichda oʻz “ligadoshi” Kataloniyaning “Barselona” klubi bilan toʻqnash keladi.
Maʼlumot uchun, chorak final bosqichi oʻyinlari 8-aprel kuni start oladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring