“Made in Uzbekistan” brendi ostida dorivor oʻsimliklar eksport qilinmoqda
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida joylashgan “BBU Azamat” korxonasida bugun 18 dan ortiq dorivor oʻsimliklarni yetishtirilmoqda.
Dastlab 2 turdagi oʻsimlik yetishtirish bilan oʻz faoliyatini boshlagan korxona bugun 18 dan ortiq dorivor oʻsimliklar yetishtirish bilan bir qatorda xorijga eksport qilish bilan shugʻullanmoqda.
Bir qator top brendlar, jumladan, McDonalds, Nutrilite bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan korxonaning yillik eksport hajmi yiliga 1 mln. dollarni tashkil etadi.
Korxona rahbari Azamat Choriyevning taʼkidlashicha, bugun korxona tomonidan butun dunyoda yetishtirilayotgan dorivor oʻsimliklarni mamlakatimiz sharoitida ham yetishtirish boʻyicha izlanishlar olib borilmoqda.
“Chet tillarini yaxshi oʻzlashtirilgan, axborot texnologiyalarini tushunadigan bilimli yoshlarga ehtiyojimiz yuqori. Ushbu yoshlarni jalb qilsak, dorivor oʻsimliklarni oʻzimizda qayta ishlaydigan korxona ochish imkoniyatimiz yanada oshishi kutilmoqda”, — deydi korxona rahbari Azamat Choriyev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring