Madaniyat vazirligi Ozodbek Nazarbekov kiyim doʻkonini reklama qilganiga munosabat bildirdi

13:43 05 Iyul 2024 Jamiyat
624 0

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kiyimlar doʻkonini reklama qilgani toʻgʻrisida xabar berilgandi. Madaniyat vazirligi mazkur holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Ozodbek Nazarbekov «The Voice of Uzbekistan» loyihasi hakamlar hayʼati aʼzosi sifatida «KINGSMAN UZBEKISTAN» kiyimlar doʻkoniga tashrif buyurib, loyihaning navbatdagi sonini tasvirga olish jarayonida qatnashish uchun loyiha imijmeykerlari bilan birgalikda libos tanlagan.

«Libos tanlash jarayonida lavhada aytib oʻtilganidek, Nazarbekov milliy brend rivoji uchun oʻzining shaxsiy fikrlarini bildirib, tavsiya berib oʻtgan. Bu orqali mamlakatimizda yaratib berilgan qulay biznes muhiti tufayli faoliyatini samarali yoʻlga qoʻygan, xorijnikidan aslo qolishmaydigan sifatli mahsulotlar tayyorlashga intilayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash nazarda tutilgan.

Yaʼni, bundan vazirning hech qanday moddiy manfaatdorligi yoki reklama orqali naf olish maqsadi koʻzlanmagan.

Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vaziri, qolaversa, Oʻzbekiston xalq artisti va davlat xizmatchisi sifatida Oʻzbekiston Respublikasining barcha qonunlarini hurmat qiladi va ularga qatʼiy rioya etadi.

Shu oʻrinda, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikdan holatga xolisona baho berishlarini, jarayonni nooʻrin ayblovlar bilan yoritmasliklarini soʻrab qolamiz», deyiladi munosabatda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер