Madaniyat vazirligi Filipp Kirkorov konsertidagi raqqosalar bilan bog'liq holatlar yuzasidan izoh berdi
Qayd etilishicha, Joriy yilning 18-dekabr kuni “Humo Arena” muz saroyida Filipp Kirkorovning katta shou konsert dasturi tashkil etildi. Konsert dasturida koʻplab jozibali koʻshiqlar va raqslar ijro etildi.
Soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib borayotgan konsert dasturida ijro etilgan raqslardagi raqqos va raqqosalarning kiyinish madaniyatiga eʼtirozlar kuchaydi. Madaniyat vazirligi qayerga qarayapti?, Madaniyat vazirligi bunga qanday ruxsat berdi? -degan gaplar tarqaldi.
Madaniyat vazirligi bunga qoʻyidagicha izoh berdi:
"Madaniyat vazirligi tizimidagi “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi ushbu konsert ssenariysi va qoʻshiqlar mazmuni bilan tanishib chiqqan va eʼtiroz bildirmagan;
xususiy tadbirkorlar konsert dasturlarini tashkil etishda, yurtimizga gastrol safarlari bilan tashrif buyuradigan sanʼatkorlarga dasturda kiyinish madaniyati toʻgʻrisidagi tushunchani ham berib oʻtishlari lozim, deb oʻylaymiz;
ushbu konsertdan xulosa qilgan xususiy tadbirkorlarimiz, endilikda ushbu jarayonlarning takror boʻlmasligini oldini oladi degan umiddamiz.
Yuqoridagilarni eʼtiborga olgan holda, xalqimizning madaniyati, maʼnaviyati va mentalitetimizni inobatga olib, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi bundan keyin har bir konsert dasturidagi kiyinish madaniyatiga ahamiyat berishini bildiramiz".
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring