Madaniyat sohasida ilk marotaba oʻtkazilgan “Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumining gʻoliblari taqdirlandi
Joriy yilning 1-4-aprel kunlari Toshkent shahrida “Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumi ilk marotaba tashkil etildi.
Madaniyat vazirligi tomonidan 4 kun davom etgan mazkur forumda yurtimizdagi madaniyat va sanʼat sohasida taʼlim olayotgan va faoliyat olib borayotgan 14 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan 600 nafardan ortiq iqtidorli ijodkor yoshlar jalb etildi.



4 kun davom etgan mazkur forum doirasida yoshlar uchun manfaatli boʻlgan bir qator tadbirlar oʻtkazildi, jumladan:
• Amir Temur hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan qoʻshiqlar tanlovi;
• “Xush kayfiyat” respublika yosh askiya va qiziqchilar koʻrik tanlovi;
• “Yoshlik bahori” respublika yosh opera ijrochilari festivali;
• “Folk party” folklor jamoalari respublika festivali;
• “Yosh balet ijrochilari” respublika tanlovi;
• yosh teatr rejissyorlari va aktyorlarining seminar-treningi;
• yoshlar oʻrtasida samimiy doʻstona muhit yaratish, ularning muammolariga yechim topish, takliflarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida, ochiq muloqot uchrashuvlari;
• “Yosh ommaviy bayramlar rejissyorlarining mahoratini oshirish va ularning faoliyatiga koʻmaklashish” mavzusidagi seminar-trening;
• forum yoʻnalishlari doirasida koʻp yillik tajribaga ega ustozlar tomonidan amaliy mashgʻulotlar va mahorat darslari;
• taniqli shaxslar ishtirokida motivatsion sessiyalar;
• “Yangi Oʻzbekistonda ijodkor yoshlarni qoʻllab-quvvatlashning ijtimoiy-madaniy omillari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman;
• “Sumalak sayli”;
• yakuniy gala-konsert va taqdirlash marosimi kabi tadbirlar boʻlib oʻtdi.
Kecha, 4-aprel kuni poytaxtdagi “Turkiston” saroyida “Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumining taqdirlash va yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda, madaniyat vaziri oʻrinbosari Murodjon Majidov, taniqli madaniyat va sanʼat sohasi vakillari hamda forum ishtirokchilari qatnashdi.


Marosim avvalida taniqli sanʼatkorlar tomonidan kuy-qoʻshiqlar kuylandi. Soʻng, 1-4-aprel kunlari forum doirasidagi tanlovlarda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar eʼlon qilinib, quyidagilar taqdirlandi:
Yosh ijrochilar oʻrtasida Amir Temur faoliyatiga bagʻishlangan qoʻshiqlar tanlovi sovrindorlari:
1-oʻrin — Gʻaybullayev Jasurbek Hasan oʻgʻli;
2-oʻrin — Botir Zokirov davomchilari estrada guruhi;
3-oʻrin — Sharofiddinova Laylo Avazbek qizi;
“Yosh balet ijrochilari” respublika tanlovi sovrindorlari:
1-yosh toifasi boʻyicha (16-18 yosh)
1-oʻrin — Ardasheva Leyla Farruxovna;
1-oʻrin — Sadinov Amal Ravshanovich;
2-oʻrin — Muxitdinova Milana Rifatovna;
2-oʻrin — Teodorokapulo Nikoleta Valerevna;
3-oʻrin — Kistanova Milana Vladimirovna;
3-oʻrin — Allambergenov Begis Begimbayevich;
2-yosh toifasi boʻyicha (19-22)
1-oʻrin — Kuchkarov Abdugʻappor Nodirjon oʻgʻli;
2-oʻrin — Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna;
3-oʻrin — Asrorov Jahongir Abdujalil oʻgʻli;
3-oʻrin — Zivatdinova Shohida Shuhratovna;
“Tomoshabinlar eʼtirofi” nominatsiyasi gʻolibi — Satbayev Shingʻis Rinat uli;
“Tomoshabinlar eʼtirofi” nominatsiyasi gʻolibi — Ashrapova Safina Farxadovna;
“Yoshlik bahori” yosh opera ijrochilari festivali sovrindorlari:
“Eng yaxshi yosh ijrochi” nominatsiyasi gʻolibi — Toʻxtayeva Oynoz Alisherovna;
“Eng yaxshi erkak ovozi” nominatsiyasi gʻolibi — Jumayev Suhrob Bahodir oʻgʻli;
“Eng yaxshi ayol ovozi” nominatsiyasi gʻolibi — Suyonova Bekzoda Ixtiyor qizi;
“Eng yaxshi jahon opera ijrochisi” nominatsiyasi gʻolibi — Kidirbayev Baxit Baxtiyar uli;
“Eng yaxshi oʻzbek opera ijrochisi” nominatsiyasi gʻolibi — Ilyasov Rustam Fazilovich;
“Xush kayfiyat” respublika yosh askiya va qiziqchilari tanlovi sovrindorlari:
Askiya yoʻnalishi boʻyicha:
1-oʻrin — Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa mahorat maktabi askiyachilari;
2-oʻrin — Sirdaryo viloyati Gulxanda askiyachilar jamoasi;
3-oʻrin — Qashqadaryo Ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi askiyachilari;
Qiziqchilik yoʻnalishi boʻyicha:
1-oʻrin — Boymurodov Shahzod;
2-oʻrin — Yusupov Nodir;
3-oʻrin — Shahzod va Temur;
“M.Sherayev” nomidagi nominatsiyasi gʻolibi — Andijon viloyati “Askiyachi yigitlar” jamoasi;
“Eng yosh qiziqchi” nominatsiyasi gʻolibi — Mahammadjonov Azizbek Mirzabek oʻgʻli;
“Eng kreativ jamoa” nominatsiyasi Uchtepa mahorat maktabi askiyachilari;
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi “Filarmoniya yosh ijodkorlari” respublika koʻrik tanlovi:
1-oʻrin Baxshichilik yoʻnalishida — Yusupov Bobur Shodlik oʻgʻli;
2-oʻrin Estrada yoʻnalishida — Axatov Mirjalol Nusratillo oʻgʻli;
3-oʻrin Vokal yoʻnalishida — Xolxoʻjayeva Dinora Nabijon qizi;
“Folk party” folklor jamoalari respublika festivali:
1-oʻrin — Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Suu serper” folklor jamoasi;
2-oʻrin — Xorazm viloyati “Xorazm” folklor jamoasi;
3-oʻrin — Samarqand viloyati “Chavqi” folklor-etnografik xalq jamoasi.
Eslatib oʻtamiz, “Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumi ilk marotaba tashkil etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring