Madaniyat markazi ish boshladi

11:52 05 Oktyabr 2022 Jamiyat
671 0

Foto: Xalq so‘zi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Andijon viloyati  Buloqboshi tumanida Madaniyat markazi qayta taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi. 4 mlrd. 387 million soʻmlik loyiha asosida amalga oshirilgan ishlar natijasida inshoot nafaqat, yangi qiyofa kasb etdi, balki, yetarli sharoitga ham ega boʻldi.

— Bu yerda yoshlarning sanʼat bilan shugʻullanishlariga ham alohida eʼtibor qaratilgan, — deydi Kulla qishlogʻida istiqomat qiluvchi Sanamoy Sanayeva. — Shaxsan oʻzim Andijon shahridagi madaniyat markazlarida qoʻshiqchilik sir-asrorlarini oʻrganib kelmoqdaman. Tumanimiz madaniyat markazidagi imkoniyatlar viloyat markazidagi maskanlarnikidan qolishmasligi bilan ahamiyatlidir. Ushbu markaz bundan buyon mening eng sevimli manzilimga aylanadi.

Ayni paytda markazda musiqaning oʻnlab yoʻnalishlari boʻyicha faoliyat turlari tashkil etilgan.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер