Madaniy meros agentligi direktoriga yangi birinchi oʻrinbosar tayinlandi

18:00 08 Aprel 2026 Jamiyat
82 0

Madaniy meros agentligi direktoriga yangi birinchi oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Najimov Elmurod Iqboljon oʻgʻli Madaniy meros agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.

Mazkur tayinlov munosabati bilan ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelgan Kuziyev Tursunali Karimjanovich boshqa ishga oʻtishi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

“Najimov Elmurod Iqboljon oʻgʻliga yangi lavozimida samarali faoliyat yuritib, mamlakatimiz madaniy merosini asrash va rivojlantirish yoʻlida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deyiladi Madaniy meros agentligi xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер