Madagaskarda “Gezani” sikloni oqibatida 30 nafardan ortiq kishi halok boʻldi
TASS xabar berishicha, “Gezani” sikloni Madagaskar hududidan oʻtishi oqibatida kamida 31 nafar kishi halok boʻlgan, yana 36 kishi turli darajada jarohat olgan.
Madagaskarning sharqiy sohilidagi 16 ta tumanda jabrlanganlar soni 250 ming nafardan oshgan. Yetti mingga yaqin fuqaro oʻz uy-joyini tark etishga majbur boʻlgan.
Siklon natijasida 17 mingdan ortiq turar joy butunlay vayron boʻlgan, yana 36 mingga yaqin bino shikastlangan, qariyb 11 mingta inshootni suv bosgan.
Epitsentrida shamol tezligi soatiga 250 kilometrgacha yetgan “Gezani” sikloni sharqiy sohilda joylashgan Tuamasina shahrining 80 foizdan ortiq qismini vayron qilgan. Hozirda siklon Madagaskar hududini tark etgan va Mozambik boʻgʻozi tomon yoʻnalgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senator tomonidan mahallalarda tomorqachilik va bogʻdorchilikni rivojlantirish ishlari oʻrganildi
- Yosh parlament aʼzolari forumida barqaror taraqqiyot va global hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi
- Senator talaba qizlar bilan davlat xizmatida ayollar ishtirokini kengaytirish masalasini muhokama qildi
- Sudyalar oliy kengashi tarkibini saylash masalasi koʻrib chiqildi
- Senat qoʻmitasida kiberxavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi yangi choralar koʻrib chiqilmoqda
- Pedagoglarga ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatishda 50 foiz chegirma beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring