Lyuksemburgda “YI – Markaziy Osiyo” formatida vazirlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

17:05 02 Oktyabr 2023 Siyosat
203 0

Yigʻilishda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari birinchi marta YIning barcha 27 davlati vakillari bilan bir vaqtning oʻzida uchrashdi.

Vazirlar YI va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish boʻyicha qoʻshma yoʻl xaritasini tasdiqladilar. U mintaqalararo siyosiy muloqot va hamkorlik, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, energetika, iqlimga betaraf iqtisodiyot va umumiy xavfsizlik muammolarini hal qilish kabi muhim sohalarni qamrab oladi.

Shuningdek, vazirlar 2024-yilda Turkmanistonda yana uchrashishga kelishib oldilar. “YI — Markaziy Osiyo” birinchi sammiti ham kelasi yilning ikkinchi choragida Oʻzbekistonda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер