Lukashenko “quloqsiz” elchini orden bilan taqdirladi

15:28 06 Iyul 2020 Dunyo
942 0

Lukashenko “quloqsiz” elchini orden bilan taqdirladi

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko slovak elchisi Yozef Migashni oʻz mamlakatining nufuzli mukofoti — Fransisk Skorina ordeni bilan taqdirladi. Diplomat ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni va hamkorlikni rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgani uchun ana shunday eʼtiborga loyiq koʻrildi. Bu haqda Belta xabar berdi.

Eslatib oʻtamiz, Migashning shu yil 9-may kuni Minskda oʻtkazilgan Gʻalaba paradida ishtirok etishi rasmiy Bratislavaga yoqmagan edi. Oʻz mamlakatida bu borada bildirilgan norozilikdan soʻng slovak diplomati 12-may kuni isteʼfo bergan va uning arizasi Slovakiya TIV tomonidan qanoatlantirilgan edi.

“Odamda gʻurur bitta boʻladi. Sen lavozimingga bu qadar mahkam yopishib olmasliging kerak”, — deya bunga munosabat bildirgandi Migash.

Lukashenko esa elchining paradga kelishini “munosib harakat” deya eʼtirof etar ekan, uning isteʼfosiga “xalqaro sharmandalik” deb baho bergandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер