Lukashenko Putin bilan 14-sentyabr kuni Sochida uchrashadi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko joriy yil 14-sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga boradi.
Mazkur sana haqida Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov maʼlum qildi. Uning aytishicha, tashrif davomida qandaydir hujjatlarni imzolash va muzokaralar yakuni boʻyicha matbuot anjumanini oʻtkazish nazarda tutilmagan.
“Ehtimol, biz ushbu muzokaralarning asosiy yakunlari haqida sizlarga xabar berarmiz”, — deya qoʻshimcha qilgan Peskov.
Matbuot vakillari ikki davlat rahbarlarining kirish soʻzlarigagina qoʻyiladi. Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, prezidentlar Sochida uchrashishadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring