Londonda poyezd mushuk tufayli kechiktirildi

17:52 04 Mart 2021 Dunyo
1393 0

Londondan Manchesterga poyezdning joʻnab ketishini poyezd tomidan tushishni istamagan mushuk kechiktirdi. Bu haqda Guardian nashri xabar bermoqda.

Hodisa London markazidagi Euston stansiyasida sodir boʻldi. Poyezd Manchesterga joʻnab ketishidan taxminan yarim soat oldin stansiya xodimlari poyezd tomida mushuk oʻtirganini payqashdi.

Mushuk pastga tushmaganligi sababli yoʻlovchilarni qoʻshimcha poyezdga koʻchirish uchun anchagina vaqt ketdi. Taxminan 2 soatlardan soʻng mushuk stansiya xodimlari tomonidan xavfsiz tarzda poyezd tomidan tushirib olindi.

U qanday qilib poyezd tomiga chiqib olgani nomaʼlum.

Stansiya menejerining soʻzlariga koʻra, shunga oʻxshash vaziyatlar asosan qushlar bilan sodir boʻlgan. Ammo mushuk bilan birinchi marta bunday holatga roʻbaroʻ kelishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер